1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Nigeriyada 3 qavatli turarjoy binosi qulab tushdi

Hodisa oqibatida 10 kishi halok bo‘lgan.

Nigeriyada 3 qavatli turarjoy binosi qulab tushdi

 

Nigeriyaning Lagos shahrida ikki yil avval favqulodda deb e’lon qilingan va ko‘chirilishi kerak bo‘lgan uch qavatli bino qulab tushdi. Oqibatda 10 kishi haloq bo‘lgan. Ular orasida to‘rt yoshli bola ham bor.


Favqulodda vaziyatlar milliy agentligining ma’lum qilishicha, 23 kishi qutqarilgan, ulardan yetti nafari bola va 16 nafar kattalar. 


Aholi omon qolganlarni izlash uchun qutqaruvchilar guruhiga qo‘shildi. Shaharning aholi zich joylashgan hududidagi ko‘p qavatli uyda qancha odam bo‘lgani aniq emas. Rasmiylar qurilish kompaniyalarini xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaganlikda ayblanmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика