1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Nigeriyada masjid qulab tushdi

Bu vaqtda ichkarida yuzlab odamlar bo‘lgan.

Nigeriyada masjid qulab tushdi

 

Nigeriya shimolidagi Zariya shahrida qulagan masjid vayronalari ostida yetti kishi halok bo‘ldi.

 

Markaziy masjid binosi asr namozi vaqtida qulab tushgan. O‘sha paytda ichkarida bir necha yuz kishi bo‘lgan.

 

Qutqaruvchilar zudlik bilan fojia joyiga yetib borgan. Qutqaruv guruhi vayronalar ostidan to‘rtta jasadni topgan.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Braziliyaning Pernambuko maʼmuriy shtatida turarjoy binosi qulab tushgani haqida xabar berilgandi. To‘rt qavatli uy 2010 yilda qurilgan va yashash uchun yaroqsiz deb topilgan. Aholini haydab chiqarishdi, biroq ikki yildan so‘ng ular ruxsatsiz binolarga qaytib kelishgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика