Mamlakat rasmiylariga ko‘ra, hujumlar harbiy to‘dalar tomonidan yaxshi muvofiqlashtirilgan holda amalga oshirilgan. Ular machete va o‘qotar qurollar bilan hujum uyushtirgan, uylar va mashinalarga o‘t qo‘yishgan. Qirg‘in yillar davomida diniy va etnik ziddiyatlar hukm surayotgan Plato shtatida sodir etilgan.
Nigeriyaning asosan musulmonlar yashaydigan shimoliy mintaqasi va nasroniylar ko‘pchilikni tashkil etuvchi markaziy hududi o‘rtasida to‘qnashuv 2009 yildan beri mavjud. Bu "ko‘chmanchilar va dehqonlar o‘rtasidagi ziddiyat" deb ham ataladi. Aholining tez surʼatlarda o‘sishi va iqlim o‘zgarishi dehqonlar va chorvadorlar o‘rtasida tabiiy resurslar uchun raqobatni kuchaytirmoqda.
Nigeriyaning o‘ta ziddiyatli sharoitlarda saylangan yangi prezidenti Bola Ahmed Tinubu muammoni mamlakat iqtisodiyotiga sarmoya jalb etish orqali hal qilishga vaʼda berdi.


