Nigeriyada tekin oziq-ovqat uchun tiqilinchda 31 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Reuters” nashri xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Rivers shtatidagi Port-Xarkort cherkovi yaqinida tekin oziq-ovqat va kiyim-kechak tarqatish vaqtida juda katta olomon to‘plangan. Mahalliy polisiya vakili halok bo‘lganlar orasida homilador ayol va uch nafar bola borligini ma’lum qildi.
Hozirda cherkov yuridik maslahatchisi va xayriya dasturi tashkilotchisi hibsga olingan.


