1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Iqtisodiyot

Nima uchun investorlar O‘zbekistonni tanlashi kerak?

Samarqand shahrida O‘zbekiston tomoni raisligida Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) Tashqi ishlar vazirlari kengashining yig‘ilishi Bosh vazir o‘rinbosari ushbu savolga javob berdi.

Nima uchun investorlar O‘zbekistonni tanlashi kerak?

 

Tadbirda O‘zbekiston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya, Vengriya va Turkmaniston TIV rahbarlari hamda TDT Bosh kotibi ishtirok etmoqda.

 

Tadbirda so‘zga olgan Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev tadbirkor va investorlar nima uchun O‘zbekistonni tanlashi kerakligi haqidagi savolga javob berdi:

 

«Birinchidan, investitsiyalar uchun qulay muhit.

Investorlar huquqlari qonun bilan himoyalanishi bo‘yicha amaliy tizim yaratildi. Natijada 2017 yildan boshlab ($3,3 mlrd.) to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi 2,5 barobarga oshdi ($8,6 mlrd.).

Qariyb 8 mingta tovar turlariga import bojlari kamaytirildi. Biznesga oid har xil turdagi 70 ta litsenziya va 34 ta ruxsatnomalar berilishi bekor qilindi.

Shuningdek, yangi biznes subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi soddalashtirildi. Yer uchastkalari onlayn savdolar orqali taqdim etilmoqda.

Umuman olganda, qulay investitsion muhitni barpo etishda normativ-huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha ishlar faol davom ettiriladi.

Ikkinchidan, iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish siyosati.

Iqtisodiyotimizning yillik o‘rtacha o‘sishi – 5 foizni, sanoat sohalari – 8 foizni tashkil etmoqda. 2021 yilda bu ko‘rsatkich 7 foizdan ortdi. Eksport hajmlari 1,5 barobarga oshdi.

O‘zbekiston – aholisi 72 mln. kishilik Markaziy Osiyo va 300 mln. kishilik Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi bozorlariga chiqish imkoniyatiga ega.

Shu bilan birga, GSP+ kengaytirilgan preferensiyalar tizimi Yevropa bozorlariga 6 mingdan ortiq mahalliy mahsulotlar turlarini imtiyozli shartlarda eksport qilish imkoniyatini yaratdi. Shu tufayli Yevropa mamlakatlariga qilingan eksportimiz hajmi bu yilning o‘zida 70 foizga oshdi.

Uchinchidan, malakali ishchi kuchi.

O‘zbekiston – iqtidorli, yosh va yuqori salohiyatga ega kadrlarga boy.

Aholimizning 60 foizidan ortig‘ini 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashqil etadi. Ular bilimga intiluvchan, turli kasb-hunarlarni o‘zlashtirishga ishtiyoqi baland hamda chet tillarida so‘zlashadigan oliy maʼlumotga ega fuqarolar va yoshlardir.

Shuni alohida aytish joizki, qisqa davr mobaynida mamlakatimizda 82 ta yangi oliy taʼlim yurti tashkil etildi. Bulardan 23 tasi – xorijiy davlatlardagi yetakchi universitetlarning filiallaridir.

Qolaversa, maktab bitiruvchilarining oliy taʼlim bilan qamrov darajasi oldingi 9 foizdan 28 foizga yetkazildi. Kelgusi besh yilda esa, bu ko‘rsatkichni 60 foizga yetkazish bo‘yicha aniq dasturimiz bor.

To‘rtinchidan, bizda tabiiy boyliklarning ulkan zaxiralari mavjud.

O‘zbekiston oltinning resurs bazasi bo‘yicha dunyoda 2-o‘rinni, mis bo‘yicha-7, volfram bo‘yicha-8, kumush bo‘yicha-9, uran bo‘yicha 12-o‘rinni, tabiiy gaz ishlab chiqarish bo‘yicha esa 16-o‘rinni egallaydi.

Bular nafaqat tog‘-konchilik, balki, elektrotexnika, rangli metallurgiya va mashinasozlik kabi sohalarda yangi texnologiyalar yordamida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni uchinchi mamlakatlarga chiqish uchun ulkan zamin yaratadi.

Ushbu imkoniyatlardan to‘liq foydalanish maqsadida ikki mamlakatning yirik ishlab chiqaruvchi korxonalarini jalb qilgan holda sanoat kooperatsiyasi dasturini qabul qilishga va uning doirasida korxonalar o‘rtasidagi amaliy hamkorlik o‘rnatishni vaqti keldi deb aniq ayta olaman».

 

Yig‘ilish so‘ngida yakuniy hujjatlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tadi.

 

Samarqandda, shuningdek 10-11 noyabr kunlari Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo davlatlar rahbarlari ham uchrashadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика