1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Nobel mukofotlari egalariga topshirildi

10 nafar laureatga faxriy yorliq va oltin medallar shaxsan Shvetsiya qiroli tomonidan taqdim etildi.

Nobel mukofotlari egalariga topshirildi

 

Shvetsiya poytaxti Stokgolm filarmoniyasida fizika, kimyo, tibbiyot, adabiyot va iqtisodiyot bo‘yicha 2023-yilgi Nobel mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. 10 nafar laureatga faxriy yorliq va oltin medallar shaxsan Shvetsiya qiroli Karl XVI Gustav tomonidan taqdim etildi

 

Jumladan, tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga “Eronda ayollarga nisbatan zulmga qarshi kurashi hamda inson huquq va erkinliklarini targ‘ib qilishga qaratilgan faoliyati uchun” huquq himoyachisi Nargis Muhammadiy loyiq topildi.

 

Laureat hozir Tehronda qamoq jazosini o‘tayotgani bois, mukofot uning farzandlariga berilgan. Qolgan barcha mukofotlar ham topshirilgandan so‘ng, laureatlar, mehmonlar, va qirollik oilasi hukumat aʼzolari bilan birgalikda Stokgolm meriyasida anʼanaviy ziyofat bo‘lib o‘tdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика