Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga "Nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan ijtimoiy foydali dasturlar va loyihalar amalga oshirilishida ijtimoiy sheriklik hamda xalqaro hamkorlikni yana-da qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qonun loyihasi joylashtirildi.
Loyiha nodavlat tashkilotlari tomonidan tashqi manbalardan pul mablag‘i olish hamda grant loyihalarini amalga oshirish tartibini yana-da takomillashtirish va soddalashtirishni nazarda tutadi.
Shuningdek, loyiha quyidagi talablarni bekor qilishni ko‘zda tutadi:
-
nodavlat tashkilotlarining grant loyihasini amalga oshirish yuzasidan Tashqi ishlar vazirligining xulosasini olish;
-
grant loyihasini amalga oshirishga biriktirilgan milliy hamkor tomonidan loyihaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish hamda uning muddatini belgilash yuzasidan takliflar va tavsiyalar berish;
-
qiymati BHMning 2 000 baravarigacha bo‘lgan grant loyihasi
-
"yo‘l xaritasi"ni milliy hamkor bilan birgalikda tasdiqlash;
-
qiymati BHMning 2 000 baravari va undan yuqori bo‘lgan grant loyihasi "yo‘l xaritasi"ni Vazirlar Mahkamasi bilan kelishish;
-
grant loyihasi "yo‘l xaritasi" ijrosiga bag‘ishlangan yig‘ilishlar o‘tkazish, grant loyihasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qarorlarni Adliya vazirligi va Vazirlar Mahkamasi bilan kelishish;
-
grant loyihasi "yo‘l xaritasi" ijrosi yakuni bo‘yicha umumlashtirilgan maʼlumotni Adliya vazirligi va Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
-
Adliya vazirligi tomonidan milliy hamkordan "yo‘l xaritalari"ning ijrosi bo‘yicha joriy va yakuniy maʼlumotni so‘rab olish;
-
davlat va nodavlat tashkilotlari o‘rtasida imzolanadigan memorandumlar loyihalarini Adliya vazirligi va Tashqi ishlar vazirligiga ko‘rib chiqish uchun kiritish.


