Nodirbek Abdusattorov nufuzli Norway Chess-2023 turnirining blits-saralashida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Kecha, 29 may kuni asosiy turnirdagi o‘rinlar va juftliklarni aniqlab olish maqsadida blits-saralash turniri o‘tkazildi. Ushbu turnirda 18 yoshli o‘zbek grossmeysteri Nodirbek Abdusattorov 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Dunyoning TOP-10 dagi eng kuchli shaxmatchilari, jumladan Magnus Karlsen, Hikaru Nakamura, Alirizo Firuzja, Anish Giri, Fabiano Karuana, Uesli So va yana boshqa kuchli grossmeysterlar qatnashayotgan yirik turnir bugundan start oladi. Abdusattorov asosiy turnir davomida 1-raqam ostida qatnashib, oq donalarda ko‘proq o‘ynaydi va Anish Giri bilan kuch sinashadi.
Shuningdek, u blits reytingini 2700 dan oshirib oldi. Shunday qilib Nodirbek klassik, rapid va blits yo‘nalishlarning barchasida 2700+ reytingga ega bo‘ldi.


