Hukumat qaroriga ko‘ra, nogiron yoshlarga nodavlat taʼlim tashkilotlarida kasb-hunar, dasturlash, umumtaʼlim fanlari va xorijiy tillarni o‘rgatish, zarur hollarda yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratiladi.
Subsidiya BHMning 50 baravarigacha miqdorda berilishi belgilangan.
Arizalar joriy yil uchun – 2022-yil 1-avgustdan, 2023-yildan boshlab har yili – 10 yanvardan qabul qilinadi.


