1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Nomaʼlum shaxslar maktab o‘quvchilarini o‘g‘irlab ketishyaptimi?

IIV shu mazmundagi xabarlarga rasmiy munosabat bildirdi.

Nomaʼlum shaxslar maktab o‘quvchilarini o‘g‘irlab ketishyaptimi?

 

Ijtimoiy tarmoqlarda maktab o‘quvchilarini o‘g‘irlashmoqchi bo‘lishayotgani haqida asossiz xabarlar tarqalmoqda. O‘tkazilgan tekshiruv jarayonida aniqlanishicha, 1 fevral kuni Shayxontohur tumanida 113-sonli maktabning 11-sinf o‘quvchisi F.N. boshqaruvidagi avtomashinaga 132-sonli maktab o‘quvchilari G.B, S.N. lar yerdagi muz bo‘lagini tepgan. Shundan so‘ng 11-sinf o‘quvchilari muz bo‘lagini tepgan bolalarni ichki ishlarga olib boramiz deb ularni og‘zaki qo‘rqitishgan.

 

«O‘quvchilar boshqa bunday qilmasligini aytib uyiga ketishgan. Hozirgi vaqtda bolalar sog‘-salomat ota-onasi bag‘rida», — deyiladi IIV xabarida. 

 

Bundan tashqari, avtomashinani boshqarish huquqi bo‘lmagan maktab o‘quvchilarining ota-onasi bilan birga huquqbuzarlikka yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan profilaktik suhbat o‘tkazilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика