Maʼlum qilinishicha, fuqarolarga noqonuniy sharʼiy nikoh o‘qiganlar orasida ayol kishi ham bor. Ayol I.N. Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining tegishli moddasi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobarida jarimaga tortilgan. Yana bir fuqaro K.Q.ga (erkak) 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.
Shuningdek, sharʼiy nikohni belgilangan tartiblarga zid ravishda o‘qigan yana ikki nafar erkak — M.M va X.T.ga bazaviy hisoblash miqdorining 20 barobarida jarima jazosi tayinlangan.
Bahriniso Madumarova


