
"Uzbekistan Airports " AJ matbuot xizmati maʼlum qilishicha, xavo kemasi ekipaji komandiri samolyot yuki og‘irligi bois, ushbu qatnov bajarilmasligi haqidagi qarorni qabul qildi.
Yo‘lovchilarga “Qarshi” aeroportining masʼul xodimlari hamda “Azur Air” aviakompaniyasi samoleti ekipaji tomonidan ushbu qarorga sabab bo‘lgan xolatlar xaqida maʼlumot berildi.
Xozirda aeroport xodimlari tomonidan ushbu 214 yo‘lovchiga kerakli yordam, jumladan nonushta tarqatilib, ularni mexmonxonalarga joylashtirilmoqda va issiq ovqat bilan taminlash kabi masalalar tezkorlik bilan xal qilinmoqda.


