Norvegiya Immigratsiya departamenti 300 ga yaqin Rossiya fuqarolarining boshpana so‘rab qilgan murojaatlarini ko‘rib chiqishni to‘xtatdi.
Ular uchun alohida tartib ishlab chiqilishi rejalashtirilgan.
Norvegiya Immigratsiya idorasi sentyabr oyi oxiriga kelib rossiyalik boshpana so‘rovchilar soni oshganini maʼlum qildi. Bu raqamlar safarbarlik fonida ortib bormoqda.
Norvegiya hukumati rossiyaliklarga boshpana bermaslikka va Yevropa Ittifoqi bu yo‘nalishda umumiy siyosatga rozi bo‘lguncha kutishga qaror qilgan.


