1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Norvegiya yana peshqadam

Birk Rud norveglarga yana bir oltin medalni taqdim etdi.

Norvegiya yana peshqadam

 

Bugun Pekin-2022 qishki Olimpiya o‘yinlarida beshinchi kun bahslariga start berildi. Kunning ilk medallar jamlanmasi fristaylning “big eyr” yo‘nalishida erkaklar o‘rtasida o‘ynaldi.

 

Unda o‘z dasturi bilan yuqori natija qayd etgan norvegiyalik Birk Rud jamoasi hisobiga to‘rtinchi oltin medalni taqdim etibgina qolmay, umumjamoa hisobida ularni birinchi o‘ringa olib chiqdi. Kumush va bronza medallari mos ravishda amerikalik Kolbi Stivenson hamda shvetsiyalik Xenrik Xarlautga nasib etdi.

 

Pekin-2022. Fristayl.

Erkaklar, “big eyr”

1. Birk Rud (Norvegiya)

2. Kolbi Stivenson (AQSH)

3. Xenrik Xarlaut (Shvetsiya).

 

Avvalroq, Daniya va Niderlandiya Pekin Olimpiyadasini baykot qilgani haqida xabar berilgandi.

 

Jamshidbek Amirov

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика