Norvegiyada parranda grippi tarqalishi bo‘yicha rekord ko‘rsatkich qayd etildi. Natijada minglab chaykalar nobud bo'ldi.
Norvegiyaning Vadso shaharchasi rasmiylariga ko‘ra, hududdan 10 mingdan ortiq o‘lik qushlar topilgan. Mutaxassislar avval epidemiyaning bu qadar avj olishi kuzatilmaganini ta'kidlashmoqda.
Hududga sayohat qilish taqiqlangan.
Avvalroq Finlandiyada parranda grippi avj olgani haqida xabar berilgandi: virus 20 ta fermada aniqlangan.


