1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Nostrifikatsiya bo‘yicha alohida telegram kanal va bot ochildi

Bot orqali fuqarolar o‘z savollarini yuborishi va javob olishi mumkin.

Nostrifikatsiya bo‘yicha alohida telegram kanal va bot ochildi

 

Bilimni baholash agentligi tomonidan xorijiy davlatda oliy taʼlim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) jarayonlari bo‘yicha maʼlumot berib borish maqsadida alohida telegram kanal ishga tushirildi. Bu haqda agentlik rasmiy telegram kanalida xabar berildi.

 

Unda xorijiy davlatda oliy taʼlim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) tartibi va o‘tkaziladigan test sinovlari to‘g‘risida maʼlumotlar berib boriladi.

 

Shuningdek, nostrifikatsiya xizmati bilan bog‘liq murojaatlarni qabul qilish maqsadida @NostrifikatsiyaBBA_bot telegram boti ham ishga tushirildi.

 

Fuqarolar mazkur bot orqali xorijiy davlatda oliy taʼlim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) bo‘yicha o‘z savollarini yuborishi va javob olishi mumkin.

 

Botga kelib tushgan savollarga Bilimni baholash agentligining Oliy taʼlim to‘g‘risidagi hujjatlarni nostrifikatsiyalash va apostil qo‘yish bo‘limi xodimlari tomonidan javob beriladi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика