1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Novak Jokovich Melburndan Dubayga yo'l oldi

Sudda yutqazganidan so'ng sportchi mamlakatni zudlik bilan tark etishiga to'g'ri kelgan.

Novak Jokovich Melburndan Dubayga yo'l oldi


Avstraliya rasmiylari tomonidan ikki marta vizadan mahrum etilgan serbiyalik tennischi Novak Jokovich "Emirates Airlines" aviakompaniyasi reysi bilan Melburndan Dubayga uchdi, deb xabar bermoqda Associated Press. 

 

Yakshanba kuni Avstraliya Federal sudi Immigratsiya vaziri Aleks Xokning ilgari COVID-19ga qarshi emlanmagan Jokovichning vizasini qayta bekor qilish haqidagi qarorini tasdiqladi. Sud hukmini Avstraliya Bosh vaziri Skott Morrison ham qo‘llab-quvvatladi. Jokovichning o‘zi sud qaroridan hafsalasi pir bo‘lganini, biroq unga amal qilishga va’da bergan.

 

Eslatib o'tamiz, "Australian Open" 17-30 yanvar kunlari bo'lib o'tadi, u tomoshabinlar bilan tribunalarda o'tkaziladi.  Avval koronavirusga qarshi emlanmagan tennischilar turnirga kiritilmasligi haqida xabar berilgandi. Jokovich ishi uning tennisdagi rekordi va COVID-19ga qarshi majburiy emlashga uzoq vaqt qarshilik qilganini hisobga olib, butun dunyoda norozilik uyg'otdi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика