1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Novosibirsk — Andijon — Novosibirsk reysi kechiktirildi

Holatga Uzbekistan Airports izoh berdi.

Novosibirsk — Andijon — Novosibirsk reysi kechiktirildi

 

“IrAero” aviakompaniyasining Novosibirsk — Andijon — Novosibirsk yo‘nalishidagi parvozi texnik nosozlik tufayli kechiktirildi. Hozirda samolyotga Novosibirsk aeroportida texnik xizmat ko‘rsatilmoqda. Parvoz Novosibirsk vaqti bilan, soat 15:00 da uchishi rejalashtirilgan.

 

“Andijon” aeroporti parvozlar jadvali oʻzgarganligi ortidan reysni qabul qila olmasligi sababli, IAE7771 reysi Farg‘ona aeroportiga mahalliy vaqt bilan soat 17:50 da yetib keladi.

 

Farg‘ona aeroportidan qaytish reysi 18-oktabr kuni soat 18:45 ga belgilangan. Novosibirskka yetib kelish esa 21:15 da rejalashtirilgan.

 

IAE7772 reysi yoʻlovchilariga Andijon aeroportiga mahalliy vaqt bilan soat 13:00 da yetib kelishlari haqida xabar tarqatiladi.

 

Shu munosabat bilan, Novosibirskga IAE7772 reysi bilan uchayotgan yo‘lovchilar uchun Andijon aeroportidan Farg‘ona aeroportiga transfer tashkil qilinadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика