1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Noyabrdan avtoraqamlarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun boj toʻlovi oshiriladi

Oʻzbekistonda soʻnggi marotaba davlat raqami belgilarini berish uchun toʻlov miqdori 2011-yildan beri o'zgarmagandi.

Noyabrdan avtoraqamlarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun boj toʻlovi oshiriladi

 

2023-yil 1-noyabrdan avtomobil raqamlarini roʻyxatdan oʻtkazish uchun toʻlov stavkasi oshiriladi.

Toʻlov stavkalari quyidagi miqdorda belgilanadi:

- avtotransport vositalariga roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilari (ROʻDRB) uchun – BHMning 3,5 baravari miqdorida;

- mototransport vositalari, motorollerlar va tirkamalarga ROʻDRB uchun – BHMning 1,75 baravari miqdorida;

- tranzit ROʻDRB uchun – BHMning 25 foizi miqdorida;

- yaroqsiz holga kelgan, buzilgan yoki shikastlangan bir juft ROʻDRB oʻrniga yangi ROʻDRB berish uchun – BHMning 3,5 baravari miqdorida;

- yaroqsiz holga kelgan, buzilgan yoki shikastlangan bir dona ROʻDRB oʻrniga yangi ROʻDRB berish uchun – BHMning 1,75 baravari miqdorida.

Oʻzbekistonda soʻnggi marotaba davlat raqami belgilarini berish uchun toʻlov miqdori 2011-yilda belgilangan va shundan buyon oʻzgarmagandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика