1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Noyob nomoddiy madaniy meros namunalarini saqlovchilar har oy rag‘batlantiriladi

Bu bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi.

Noyob nomoddiy madaniy meros namunalarini saqlovchilar har oy rag‘batlantiriladi

 

“Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish, ilmiy o‘rganish va targ‘ib qilishni rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi

 

Qarorga ko‘ra, 2024 yil 1 apreldan noyob va (yoki) yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan nomoddiy madaniy meros namunalarini saqlovchi 20 nafar shaxs aniqlanib, ularga ko‘maklashiladi hamda faoliyatini baholash ko‘rsatkichlari belgilab beriladi.

 

Ushbu ko‘rsatkichlarni bajargan nomoddiy madaniy meros namunalarini saqlovchi shaxslar har oyda 5 million so‘m miqdorida rag‘batlantirib boriladi. Alohida ahamiyatga ega nomoddiy madaniy meros namunalarini yozib olish va keng tarqatish uchun har yili 50 ta audiovizual asar yaratishga davlat buyurtmasi beriladi.

 

Qarorga asosan, nomoddiy madaniy meros namunalarini “tayyorlash–o‘rgatish–tiklash–ommalashtirish” yaxlit uzluksiz tizim asosida rivojlantiriladi. Nomoddiy madaniy meros namunalarini kompleks rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-amaliy va ijodiy maktablar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика