Joriy yil 31 yanvar kuni, Buxoro viloyat sudi binosida 2022 yilning 1-2 iyul kunlari Nukus shahridagi ommaviy tartibsizliklarni sodir etganlikda ayblanayotgan 22 nafar sudlanuvchiga, jumladan, ushbu jinoyat ishida asosiy ayborlardan biri bo‘lgan Dauletmurat Tajimuratovga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni tugab, sud hukmi eʼlon qilingan edi.
30 mart kuni esa birinchi instansiya sudining hukmi ustidan sudlanuvchilar D.Tadjimuratov va 15 kishi appelyatsiya tartibida shikoyat bergan edi.
Bugun, 5 iyun kuni Oliy sudda Nukus voqealari bo‘yicha yuqoridagilarga oid jinoyat ishi yuzasidan keltirilgan apellyatsiya shikoyatini ko‘rib chiqish yakuniga yetdi.
Unga ko‘ra, Dauletmurat Tajimuratovning jazo muddati o‘zgarishsiz qoldirilgan. Yaʼni uning shikoyati qanoatlantirishsiz qoldirildi.


