Qoraqalpog‘iston Respublikasida yuz bergan holat va voqealarni o‘rganish bo‘yicha komissiya xulosasini tayyorlashga kirishdi.
2022-yil 16-iyul kunidan Qoraqalpog‘iston Respublikasida yuz bergan holat va voqealarni o‘rganish hamda ular yuzasidan mustaqil tekshiruv o‘tkazish bo‘yicha komissiya o‘z ishini boshlagan edi.
Komissiya o‘z faoliyatini inson huquq va erkinliklarini taʼminlash, voqealarni har tomonlama va holis o‘rganish, shuningdek, olingan axborotlarni qayta tekshirish hamda o‘z faoliyatini jamoatchilik fikrini inobatga olgan holda tashkil qildi.
Komissiya o‘z xulosasida quyidagi yo‘nalishlarga alohida eʼtibor qaratmoqda.
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2022-yil 1-2-iyul kunlari yuz bergan holatlar va voqealarning xronologik tafsiloti
- Mustaqil komissiyaning tashkiliy tadbirlari
- Mahalliy hukumat va davlat organlari tomonidan ko‘rilgan chora-tadbirlar
- Namoyishlarning keltirib chiqargan oqibatlari, yetkazilgan zarar, ishtirokchilarning maʼnaviy va psixologik tafsiloti
- Namoyishlar yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan omillar
- Namoyishlarda aybdor deb topilgan fuqarolarga nisbatan sud jarayonlarining tafsiloti
- Mustaqil komissiyaning asosiy xulosa va tavsiyalari
- Xotima
- Namoyishlarda qo‘llanilgan maxsus vositalarning taktik-texnik xususiyatlari
Jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari va faollar Komissiya xulosasiga oid fikr-mulohazalarini @independetuz_bot telegram kanaliga yuborishlari mumkin.


