1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Nukus voqealarida noqonuniy harakat qilgan IIV xodimlari qamaldi

Kecha ularga nisbatan sud hukmi o‘qildi.

Nukus voqealarida noqonuniy harakat qilgan IIV xodimlari qamaldi

 

Qoraqalpog‘istonda ommaviy tartibsizliklarni bartaraf etishda noqonuniy xatti-harakatlarni sodir etgan Ichki ishlar vazirligi tizimida ishlagan xodimlar jinoiy javobgarlikka tortildi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati maʼlum qildi.

 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Kogon shahar sudining 2023 yil 4 avgustdagi hukmi bilan 1996 yilda tug‘ilgan T. A. va 1985 yilda tug‘ilgan X.S. Jinoyat kodeksining 235-moddasi (qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash) 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topilib, ularning har biriga 2 yil muddatga ichki ishlar organlarida ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

 

Shuningdek, 1979 yilda tug‘ilgan J.M. Jinoyat kodeksining 117-moddasi (xavf ostida qoldirish) 2-qismi va 238-moddasi (yolg‘on guvohlik berish) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybli deb topilib, unga 1 yil muddatga ichki ishlar organlarida ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 3 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика