1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Nukusda 27 yoshli ayol o‘zini 4-qavatdan tashlab, o‘z joniga qasd qildi

Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi.

Nukusda 27 yoshli ayol o‘zini 4-qavatdan tashlab, o‘z joniga qasd qildi

 

Qoraqalpog‘istonda 27 yoshli uy bekasi o‘zini 4-qavatdan tashlab joniga qasd qildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi. 

 

Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 12 iyun kuni soat 06:00larda M.A. o‘zi yashab kelayotgan Nukus shahridagi ko‘p qavatli uyning 4-qavatidan qulab, jonsiz holda topilgan.

 

Nukus shahar prokuraturasi tomonidan o‘tkazilayotgan tergovga qadar tekshiruv davomida M.A.ning o‘lim sabablarini aniqlash yuzasidan zarur ekspertizalar tayinlangan.

 

Tekshirishda aniqlangan dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, marhuma M.A. fuqaro B.U. bilan 2017 yil yanvar oyida qonuniy turmush qurib, nikoh davrida 2018 va 2021 yillarda o‘g‘il va qiz farzandlarni dunyoga keltirgan.

 

2022 yil sentyabr oyida esa marhumaning 2 nafar egizak chaqaloqlari kasallikdan nobud bo‘lgan. Shundan so‘ng ayolning ruhiyatida o‘zgarish (jizzaki, odamovi bo‘lib qolgan) bo‘lgani sezilgan.

 

Marhumaning turmush o‘rtog‘i B.U. o‘sha kuni ertalab soat 05:40 larda uyqudan turganida turmush o‘rtog‘i M.A.ni uyda yo‘qligini bilib, tashqariga chiqqanida uyi oshxonasi derazasi ostida hushsiz holatda topib, tez yordam va yaqinlariga qo‘ng‘iroq qilib xabar bergan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика