
Qayd etilishicha, 2021 yil 8 avgust kuni tungi soat 23:00 larda Nukus tumanidan o‘tuvchi 4R-135 avtomobil yo‘lida ketayotgan Matiz rusumli avtomobil yo‘lning qatnov qismida mast holatda harakatlanib ketayotgan fuqaroni urib yuborgan.
Bu voqea oqibatida piyoda tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.
Hozirda voqea joyida tergov jarayonlari olib borilmoqda.
Aniqlanishicha, Matiz haydovchisi avtomobilni 2021–2022 yilgi majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazmagan.


