Ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahridagi xususiy bog‘chada tarbiyachi bolalarga qo‘pol munosabatda bo‘lgani aks etgan videolar tarqalmoqda.
Aniqlanishicha, videolavhada aks etgan holat Nukus shahrida joylashgan xususiy maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisi R.Sh. va yordamchi tarbiyachi D.S.lar tomonidan sodir etilgan.
Mazkur holat yuzasidan Nukus shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Natijasiga ko‘ra, qonuniy qaror qabul qilinishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.


