1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Nukusdagi bozorda yong‘in yuz berdi

Uni o‘chirish uchun 9 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yuborilgan.

Nukusdagi bozorda yong‘in yuz berdi

 

Bugun, 30-may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahridagi bozorda yong‘in sodir bo‘li. Holat yuzasidan Respublika FVV maʼlumot berdi.         

 

Qayd etilishicha, soat 15:50 da Nukus shahri «Amudaryo» MFYda joylashgan “Nukus dehqon bozori” AJga qarashli ochiq maydonda qurilishda foydalanishga mo‘ljallangan qamish va hashak presslari yonayotganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.

 

Zudlik bilan hodisa joyiga yong‘in-qutqaruvchilar yetib borgan va yong‘in soat 18:30 da bartaraf etildi. Yong‘inni o‘chirishga 9 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etildi. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика