1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Nukusdan Mo‘ynoqqacha: “Maʼrifat karvoni”ning safari davom etadi

Bu galgi uchrashuvlar 306 ta maktab va 400 dan ortiq rahbar va mutaxassislarni qamrab olgani bilan ahamiyatli.

Nukusdan Mo‘ynoqqacha: “Maʼrifat karvoni”ning safari davom etadi

 

Qoraqalpog‘istonda “Tamaddun, madaniyat va ma’rifat” shiori ostidagi "Ma’rifat karvoni" loyihasi doirasida qator ilmiy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi. Bu gal karvonning yuki qimmatli ilm va yangi g‘oyalar bilan boyitilgan bo‘ldi.

 

Karvon qatnashchilari jahon sivilizatsiyasiga yurtimiz allomalarining qo‘shgan hissasini ta’kidlab, yoshlarni aniq fanlarga qiziqtirishga qaratilgan ilmiy ma’ruzalar o‘tkazishdi. Ularda yurtimizdagi buyuk olimlarning kashfiyotlari va ularning hozirgi sivilizatsiya uchun ahamiyati tinglovchilarda hayrat uyg‘otdi.

 

Chet ellardan keltirilgan noyob qo‘lyozmalar va hujjatlar bilan tanishtirish tadbirlarni yanada qiziqarli va foydali qildi. Islom sivilizatsiyasi markazi binosi haqidagi videofilm ko‘rsatildi va uning qurilishi bo‘yicha ma’lumot berildi. Tadbirlar davomida Prezidentimiz tashabbuslarining ahamiyati tushuntirildi va ishtirokchilar bilan fikr almashuvlar tashkil etildi. Bu galgi uchrashuvlar 306 ta maktab va 400 dan ortiq rahbar va mutaxassislarni qamrab olgani bilan ajralib turadi.

 

“Ma’rifat karvoni” ilmiy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari respublikamizning barcha hududlarida davom etmoqda. Ular yurtimiz aholisiga ilm-ma’rifatni yetkazish, yoshlar va kattalarning bilimini oshirishga xizmat qilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика