1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Nurafshon shahar hokimi ishdan olindi

U javobgarlikka tortilishi mumkin.

Nurafshon shahar hokimi ishdan olindi

 

Toshkent viloyati Nurafshon shahar hokimi Muzaffar Soliyev o‘z lavozimidan ozod etildi.

 

Bu haqdagi qaror 7 aprel, juma kuni xalq deputatlari kengashi sessiyasida qabul qilingan. Biroq hali rasmiy xabar berilgani yo‘q.

 

Kun.uz saytining qayd etishicha, Muzaffar Soliyev uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri lavozimida ishlagan vaqtidagi holat bilan bog‘liq ish bo‘yicha tergovga jalb etilgan bo‘lishi mumkin.

 

Eslatib o‘tamiz, Muzaffar Soliyev 2021 yilning yanvarigacha uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri lavozimida ishlab kelgan. Tanqid qilinib ishdan bo‘shatilgan, biroq ko‘p o‘tmay Nurafshon shahriga hokim etib tayinlangandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика