Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti maʼlumotlariga ko‘ra, Toshkent viloyati Nurafshon shahrida “L.I.” MCHJ masʼul shaxslari 4 ta MFY hududidagi ko‘p qavatli turar joy binolarini rekonstruksiya qilishda rasmiy hujjatlarga amalda bajarilmagan qurilish-taʼmirlash ishlarini qo‘shib yozish orqali jami 462,9 mln so‘mni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


