1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Nyu-York meri jinsiy zo‘ravonlikda ayblanmoqda

Jabrlanuvchi 2022 yilda qabul qilingan qonun bo‘yicha sudga hujjat topshirgan.

Nyu-York meri jinsiy zo‘ravonlikda ayblanmoqda

 

Nyu-York meri Erik Adams 30 yil avval sodir etilgan jinsiy tajovuzda ayblanmoqda. 

 

Jabrlanuvchi ayol 2022 yilda qabul qilingan qonun bo‘yicha sudga hujjat topshirgan. 

 

Bu qonun jinsiy jinoyatlar holatlarida da’vo muddatini e’tiborsiz qoldirishga imkon beradi. 

 

Da’vogarning ta’kidlashicha, u 1993 yilda Nyu-Yorkda ishlayotganida Erik Adams tomonidan tahqirlangan. 

 

Ayol sud majlisi o‘tkazilishini va 5 million dollar miqdorida tovon puli talab qilmoqda. Adamsning advokati mer ayol bilan uchrashganini eslay olmasligini, lekin har qanday holatda ham boshqa odamga jismoniy zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan ish qilmaganini aytmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика