1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Nyu Yorkdagi film syomkasida 1 kishi otib o‘ldirildi

Hozirda otishma sabablari o‘rganilmoqda.

Nyu Yorkdagi film syomkasida 1 kishi otib o‘ldirildi

 

“Qonun va tartib: uyushgan jinoyatchilik” teleserialining suratga olish guruhi xodimi Nyu Yorkdagi suratga olish maydonchasida otib o‘ldirildi, deb xabar bermoqda “New York Post” nashri.

 

Suratga olish Bruklinda boshlangan. Marhum avtomashinani boshqarib ketayotganida nomaʼlum shaxs haydovchi tomondan eshikni ochib, o‘q otishni boshlagan. Guvohlarning aytishicha, ular janjal yoki janjal belgisini ko‘rmagan va eshitmagan.

 

Hujum qurboni yuzi va bo‘ynidagi ko‘plab jarohatlar natijasida vafot etgan. Hujumchi qochib ketgan, politsiya uni qidirmoqda.

 

Maʼlumot uchun: “Qonun va tartib: uyushgan jinoyatchilik” premyerasi 2021-yil 1-aprelda bo‘lib o‘tgan. 2022-yil may oyida teleserial uchinchi mavsumni suratga olishni boshlagan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика