Toshkent shahri Yunusobod tumanida yashovchi R.A. ariza bilan murojaat qilib, “OLX” platformasida "Dacha Chimgan" eʼlonini joylagan nomaʼlum shaxs bilan telegram messenjerida dala hovli ijarasi yuzasidan kelishuv amalga oshirib uning bank kartasiga 700.000 so‘m miqdoridagi pullarini o‘tkazib berganligini ammo ko‘rsatilgan manzilga yetib kelganida nomaʼlum shaxs bilan bog‘lanib bo‘lmaganidan keyin firibgarlik qurboni bo‘lganligini tushunib yetganligini maʼlum qilib, firibgarlarga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlikni so‘ragan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlar davomida, firibgarlik yo‘li bilan pullarni o‘zlashtirgan shaxslar Toshkent shahri Yunusobod tumanida yashovchi 1999 y.t. F.D. tomonidan sodir etilganligi aniqlandi.
F.D. internet tarmog‘idagi turli eʼlon platformalarida "Dacha Chimgan" deb nomlanuvchi eʼlonlar joylashtirib turli bahonalar orqali yana bir nechta fuqarolar pullarini firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirib o‘z shaxsiy ehtiyoji uchun ishlatib yuborishganligi maʼlum bo‘ldi.
Shuningdek, shu turdagi jinoyatlarni amalga oshirgan 2001 y.t. S.S. va 1998 y.t. E.X.lar ham qo‘lga olinib ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


