1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionati bronza medal bilan boshlandi

Xabaringiz bor, Saudiya Arabistonining Jidda shahrida og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatiga start berildi.

Og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionati bronza medal bilan boshlandi

 

 

Ushbu bahslarda O‘zbekiston terma jamoasi o‘zining ilk medalini qo‘lga kiritdi. Unda hamyurtimiz Husinboy Matrasulov bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

 

61 kg vazn toifasida bahs olib borgan Matrasulov dast ko‘tarishda 119 kg natija ko‘rsatib, mazkur yo‘nalish bo‘yicha uchinchi natijani qayd etdi. Qolaversa,  siltab ko‘tarishda 133 kg, ikki kurash bo‘yicha esa 252 kg ko‘rsatkich bilan musobaqani yakunladi.

 

Afsuski, keyingi ikki dastur bo‘yicha  qayd etilgan natijalar sovrinli o‘rinlar uchun biroz kamlik qildi.

 

Avvalroq Tokio-2020  olimpiada musobaqalarida og‘ir atletika bo‘yicha o‘zbekistonlik Muattar Nabiyeva rekord natija qayd etgani haqida xabar berilgandi.

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика