1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Ohangaronda 27 yoshli yigitning jasadi daraxtga osilgan holda topildi

Bosh prokuratura holat yuzasidan maʼlumot berdi.

Ohangaronda 27 yoshli yigitning jasadi daraxtga osilgan holda topildi

 

Keltirilishicha, “Kompromatuzb” Telegram kanalida «Toshkent viloyati Angren shahrida kaltaklab o‘ldirilib, daraxtga osib ketilgan yigit voqeasi bo‘yicha ham jimlik! Toshkent viloyati Angren shahriga kirishda bir tomonlama harakatga ruxsat berilgan yo‘lning chekkasida 18 iyul kuni yosh yigit katta ehtimol bilan kaltaklab o‘ldirilgan va daraxtga osib ketilgan» sarlavhali xabar berilgan.

 

Bosh prokuraturaning maʼlum qilishicha, 19 iyul kuni taxminan soat 06:30 da Ohangaron tumani Ichki ishlar boshqarmasiga navbatchilik qismidan xabar kelib tushgan.

 

Unda A-373 avtomobil yo‘lining Ohangaron tumani Alisher mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan o‘tgan qismida yo‘l yuzining chet qismida joylashgan daraxtga Andijon viloyati Bo‘z tumani Nasriddinbek MFYda yashagan1995 yilda tug‘ilgan M.y. ning murdasi bo‘yin sohasidan daraxtga osilgan holatda topilgani maʼlum bo‘lgan.

 

Angren shahar STEning dastlabki maʼlumotnomasiga ko‘ra, M.y.ning o‘limiga bo‘yin sohasini sirtmoq bilan siqilishi oqibatida kelib chiqqan mexanik asfiksiya sabab bo‘lgan, tanasida esa tan jarohatlari aniqlanmagan.

 

Holat yuzasidan marhumga tegishli uch dona uyali aloqa telefoni, shaxsiy buyumlari ko‘zdan kechirish jarayonida olingan bo‘lib, Ohangaron tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari amalga oshirilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика