DXX yer sotishga aralashgan hokim yordamchisini qo‘lga oldi.
Toshkent shahrining Yunusobod tumanida yashovchi, 1977 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan shaxs Toshkent viloyatining Ohangaron tumani “Ilg‘or” MFY hududida joylashgan va davlat zaxirasida bo‘lgan 10 gektar yer maydonini “O‘zbekiston - 2030” strategiyasining 67-bandining ijrosi doirasida 10 yil muddatga ijaraga olib berish evaziga tadbirkordan 80 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.
Tergovga qadar tekshiruv davomida u mazkur pul mablag‘idan 15 ming AQSH dollarini Ohangaron tumani “Ilg‘or” mahalla fuqarolar yig‘inidagi hokim yordamchisiga berishi kerakligi aniqlanib, ushbu mansabdor shaxs ham so‘ralgan pulni olgan vaqtida ushlandi.


