1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

OIVga qarshi kurash jadallashtiriladi

Bu bo‘yicha Prezidentning tegishli qarori imzolandi.

OIVga qarshi kurash jadallashtiriladi

 

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi tomonidan 2030 yilga borib OIV epidemiyasiga barham berish uchun “95-95-95” strategiyasi olg‘a surilgan bo‘lib, uning doirasida OIV infeksiyali shaxslarning 95 foizi o‘z maqomini bilishlari95 foizi maxsus davolash kurslari bilan qamrab olinishlari hamda 95 foizi qonida virus yuklamasi aniqlanmaydigan darajaga tushishiga erishish maqsadi belgilangan.

 

Ushbu Dasturni amalga oshirish uchun 2023–2027 yillarda jami 120 mlrd so‘m va 54 mln dollar yo‘naltiriladi (Davlat byudjetidan 110 mlrd so‘m va 28 mln dollar, shuningdek, OITSga, sil kasalligiga va bezgakka qarshi kurashish Global jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 18 mln dollar, Osiyo taraqqiyot banki hamda Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar bankining qarz mablag‘lari hisobidan 7,5 mln dollar, xalqaro tashkilotlardan 9,5 mlrd so‘m grant mablag‘lari).

 

Dastur doirasida quyidagi ishlar amalga oshiriladi:

 

a) OIV infeksiyasini erta aniqlash, tashxislash va davolash sifatini oshirish maqsadida:

 

har yili kamida 3 mln aholi tekshiruvlar bilan qamrab olinadi va buning uchun 11,4 mln dona diagnostik test-tizimlari (ekspress, IFA testlari) xarid qilinadi;

 

OITSga qarshi kurash markazlari OIV infeksiyasi diagnostikasi va davolash samaradorligini monitoring qilish uchun zarur 587 mingta diagnostik vositalar (immunoblot, PZR va SD4) bilan taʼminlanadi;

 

50 ming nafar aholini maxsus davolash kurslari bilan qamrab olish uchun 22 turdagi retrovirusga qarshi dori vositalari xarid qilinadi;

 

OIV infeksiyasini onadan bolaga yuqishiga barham berish maqsadida OIV infeksiyali onalardan tug‘ilgan 2 ming nafardan ortiq 6 oygacha bo‘lgan bolalar quruq sut aralashmasi bilan taʼminlanadi;

 

b) sog‘liqni saqlash organlari tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlikda OIV infeksiyasi yuqishi ehtimoli yuqori guruhlar (giyohvandlar va boshqalar) orasida profilaktik tadbirlar olib boriladi;

 

v) aholi orasida keng targ‘ibot-tushuntirish ishlari tashkil etiladi;

 

g) 2023-yil 1-iyunga qadar Toshkent shahri va Sirdaryo viloyatida, 2023-yil yakuniga qadar boshqa hududlarda FHDYO organlari va tibbiyot muassasalari o‘rtasida nikohlanuvchi shaxslarni OIV infeksiyasi bo‘yicha majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha elektron maʼlumot almashinuv tizimi joriy etiladi;

 

d) 2023-yil yakuniga qadar OIV infeksiyasi aniqlangan holatlar monitoringini taʼminlash, real vaqt rejimida dori va diagnostik vositalarning harakatlanishini kuzatib borish imkonini beruvchi elektron axborot tizimi yaratiladi;

 

Buning uchun BMTning Rivojlanish dasturi orqali 100 ming dollar ajratiladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика