1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Oktabr oyida pensiya va nafaqalar qay tartibda berilishi maʼlum qilindi

Maʼlumki, Mehnat Kodeksining 131-moddasiga muvofiq 1-oktabr - "O‘qituvchi va murabbiylar kuni" hamda 2-3 oktyabr - shanba va yakshanba kunlari dam olish kuni hisoblanadi.

Oktabr oyida pensiya va nafaqalar qay tartibda berilishi maʼlum qilindi

 

 

Shu munosabat bilan fuqarolar o‘rtasida tushunmovchiliklar yuzaga kelishini oldini olish hamda pensiya va nafaqa oluvchilarning ovoragarchiliklariga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida Moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamg‘armasi quyidagilarni maʼlum qiladi:

 

- oktyabr oyi uchun beriladigan pensiya va nafaqa to‘lovlari naqd pul shaklida 4 oktyabr sanasidan boshlab amalga oshiriladi hamda belgilangan muddatlargacha to‘lanishi taʼminlanadi;

 

- pensiya va nafaqa to‘lovlarini naqd pulsiz shaklda oluvchi fuqarolarga mablag‘lar 4-5 oktyabr kunlari ularning bank plastik kartalariga yuklanishi taʼminlanadi.

 

Eslatib o‘tamiz, bundan avval 1 sentyabrdan boshlab pedagog xodimlar qancha oylik olishi hamda sentyabr oyidan ish haqi, pensiyalar va stipendiyalar, nafaqalar oshirilishi habar qilingandi.

 

 

  Cho‘lponoy Ahmedova

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика