1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

COVID -19 ning o'lim darajasi 35 foiz bo‘lgan yangi shtamm paydo bo‘lishi mumkin

Buyuk Britaniya hukumatining favqulodda maslahatchilar guruhi (SAGE) eʼlon qilgan hujjatlariga ko‘ra, yangi ehtimoliy shtamm yuqtirganlarning 35 foizini o‘ldirishi mumkin.

COVID -19 ning o'lim darajasi 35 foiz bo‘lgan  yangi shtamm paydo bo‘lishi mumkin

 

Olimlar koronavirus o‘zgarishi va rivojlanishi mumkin bo‘lgan gipotetik ssenariylarni tasvirlab berishdi, chunki ularning fikricha, u yo‘qolmaydi, balki tobora ko‘proq yangi variantlarda mutatsiyaga uchraydi.

 

Mutaxassislar xavfli variantni «haqiqatda bo‘lishi mumkin» deb hisoblaydilar va bunday og‘ir vaziyatdan chiqishda vaksinalarning qo‘shimcha dozalarini kiritish, koronavirusning tarqalishini kamaytirish, COVID-19ga qarshi dori-darmonlarni ishlab chiqarishni davom ettirish va boshqa choralar ko‘rish kerak deb hisoblashadi.

 

Britaniyalik olimlar, shuningdek, ehtimoliy ssenariylardan biri sifatida COVID-19ga qarshi dorilar va vaksinalarga chidamli variantlarning paydo bo‘lishi mumkinligini aytishmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика