1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Olimjon Haydarovning ishi sudga oshirildi

Unga 10 yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkin.

Olimjon Haydarovning ishi sudga oshirildi

 

10-oktabr kuni Farg‘ona viloyati huquq-tartibot idoralari bloger Olimjon Haydarovga nisbatan tergovni yakunlab, 13-oktabr kuni ishni Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona tuman sudiga o‘tkazdi.

 

Qayd etilishicha, 10-oktabr kuni tergov organi Haydarovga nisbatan Jinoyat kodeksining 139-moddasi 2-qismi (ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmog‘ida joylashtirish orqali tuhmat qilish), 139-moddasi 3-qismi "a" bandi (og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etishda ayblab tuhmat qilish), 140-moddasi 3-qismi "a" bandi (jabrlanuvchini o‘z xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan bog‘liq holda haqorat qilish), 165-moddasi 2-qismi "a" "b" bandlari (takroran yoki xavfli residivist tomonidan, ko‘p miqdorda tovlamachilik qilish) bilan ayb e’lon qilingan. Unga 10 yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkin.

 

Sud muhokamasi sanasi keyinroq e’lon qilinadi.

 

Eslatib o‘tamiz, bloger Olimjon Haydarov joriy yilning 29-iyul kuni huquq-tartibot organlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida qo‘lga olingandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика