1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Olimlar bemor umrini uzaytiruvchi protez yaratdi

Yangi implant oldingi muqobillariga nisbatan ko‘proq chidamli.

Olimlar bemor umrini uzaytiruvchi protez yaratdi

 

Aorta — inson tanasidagi eng yirik arteriya. U orqali barcha aʼzolar va to‘qimalarga qon yetib boradi. Shu bois aortaning kengayishi yoki yorilishi hayot uchun xavfli. Bunday vaziyatda uning zararlangan qismiga protez o‘rnatilishi zarur.

 

Ayniqsa, bu muhim arteriyaning yurak bilan tutashgan qismi zaif. Chunki bu nuqtadan qon juda katta bosim bilan o‘tadi. Shu bois kardiojarrohlikda yuqori sifatli va chidamli implantlarga ehtiyoj katta.

 

Rossiyaning I.M.Sechenov nomidagi tibbiyot universiteti yurak-qon tomir jarrohligi klinikasi olimlari shunday protezni yaratishga muvaffaq bo‘ldi.

 

Yangi implant oldingi muqobillariga nisbatan ko‘proq chidamli. Bu esa uning foydalanish muddatini oshiradi. Protezning o‘ziga xos xususiyati shundaki, u aorta tomirining ichki tuzilishi bilan bir xil, qon oqimining tabiiy harakatini taʼminlaydi.

 

Qolaversa, yangi mahsulotni tayyorlashda ishlatilgan maxsus material uning yuzasida bakteriyalar ko‘payishi va tromblar hosil bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi.

 

Bundan tashqari, implantni operatsiya chog‘ida o‘rnatish oson. Bu esa jarrohlik amaliyotini odatdagidan ancha tezroq bajarish imkonini beradi.

 

Olimlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, sunʼiy moslama 1 milliard yurak urishiga bardosh beradi. Bu insonning 25 yillik umriga teng.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика