1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Olimlar Trampga qarshi norozilik namoyishi o‘tkazdi

Ular qattiq iqtisodiy tejamkorlik siyosatiga qarshi.

Olimlar Trampga qarshi norozilik namoyishi o‘tkazdi

Juma kuni AQSHning Nyu-York, San-Fransisko va boshqa shaharlarida minglab olimlar ilmiy tadqiqotlar uchun ajratiladigan mablag‘larning kamaytirilishi, ish o‘rinlarining qisqartirilishi va qattiq iqtisodiy tejamkorlik siyosatiga qarshi norozilik namoyishlarida ishtirok etishdi. Parij va boshqa Yevropa shaxarlarida ham amerikalik olimlarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyalar o‘tkazildi.

 

Namoyishchilarning qo‘llaridagi plakatlarda “Ilm-fanga qo‘llab-quvvatlov”, “Tramp va Mask - navbatdagi ekologik falokat”, “Ilm-fan tahdid ostida” kabi shiorlar aks etdi. So‘nggi oylarda Ilon Mask va uning Hukumat boshqaruvi samaradorligi departamenti (DOGE) tejamkorlik siyosati doirasida byudjet sohasida keng ko‘lamli qisqartirishlarni amalga oshirmoqda. Bundan tashqari Tramp tarafdorlarining ayrimlari tibbiyot va vaksinalarga oid ilmiy faktlarga shubha bilan qarashmoqda.

 

AQSH hukumati, shuningdek, Nyu-Yorkdagi Kolumbiya universiteti uchun ajratilgan 370 million dollarlik moliyalashtirishni bekor qildi. Hukumat universitet rahbariyatini o‘tgan yili oliygoh kampusi hududida o‘tkazilgan Falastinni qo‘llab-quvvatlash namoyishlari vaqtida yahudiy talabalarni taʼqib va tahdidlardan yetarlicha himoya qilmaganlikda aybladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика