Kelgusi yil Fransiya poytaxtida o‘tadigan yozgi Olimpiya o‘yinlari mashʼalasi Eyfel minorasiga o‘rnatilishi ehtimoli bor. Bu haqda xabar tarqatgan “Reuters” agentligi maʼlumotiga ko‘ra, tashkiliy qo‘mita ikki yildan beri shu masala ustida izlanish olib bormoqda.
Mutaxassislar minoraning eng baland nuqtasiga o‘rnatilgan antennalar olovni yuqoriga chiqarishga xalaqit berishi mumkinligini aytishyapti.
Shu sababli mashʼala Olimpiya o‘yinlari yakuniga qadar minorada yonib turishini taʼminlash masalasi, hozircha, so‘roq ostida.
Eslatib o‘tamiz, Parij Olimpiadasi kelgusi yil 26 iyul-11 avgust kunlariga belgilangan.


