
Qoya alpinizmi deb ataladigan mazkur sport turi Milan-2026 Olimpiadasi dasturidan o‘rin oladi. Qaror 20 iyul kuni Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining 138-sessiyasida qabul qilindi.
Olimpiya o‘yinlarida mazkur sport turi bo‘yicha 5 ta medallar jamlanmasi o‘ynaladi va unda 48 nafar sportchi-alpinist bellashadi. Ushbu sport turi qo‘shimcha inshoot infrotuzilmasini talab qilmaydi. Qoya alpinizmi musobaqasi qorlik bilan qoplangan qiya tog‘ yonbag‘rida o‘tkaziladi.
Maʼlumot o‘rnida, Italiya mazkur sport turida eng ko‘p jahon chempioni bo‘lgan mamlakat hisoblanadi. Italiya 2002 yildan beri o‘tkazilgan 10 ta jahon chempionatining 6 karra g‘olibi sanaladi. Shuningdek, Fransiya va Shveysariya ham mazkur sport turida favorit.
Jamshidbek Amirov


