1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Oliy maʼlumotli tarbiyachilar oyligi o‘qituvchilar oyligiga tenglashtiriladi

Shuningdek, maktablarda moliyaviy savodxonlik darslari o‘tiladi.

Oliy maʼlumotli tarbiyachilar oyligi o‘qituvchilar oyligiga tenglashtiriladi

 

Prezidentning «Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni bilan 2024 yil 1 iyundan bog‘chalardagi oliy maʼlumotli tarbiyachilarning oyligi maktab o‘qituvchilari oyligiga tenglashtiriladi. Bu haqda Telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

 

Farmonga ko‘ra, 2023/2024 o‘quv yilidan bosqichma-bosqich maktablarning 1–4-sinflarida o‘quvchilarga boshlang‘ich, 5–9-sinflarida tayanch hamda 10–11-sinf o‘quvchilarining qiziqish va qobiliyatiga mos o‘quv dasturlari va o‘quv-metodik majmualar joriy etiladi. Boshlang‘ich sinflarda informatika, o‘rta sinflarda esa moliyaviy savodxonlik darslari o‘tiladi. Shuningdek, barcha fanlar bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar ulushi 60 foizga yetkaziladi.

 

Bundan tashqari, 2024 yil 1 yanvardan maktabga birinchi marta ishga qabul qilinayotgan o‘qituvchilarni kasbiy sertifikatlash joriy etiladi. Bunda 2023/2024 o‘quv yilidan o‘qituvchilar stajyor-o‘qituvchi sifatida ishlaydi va 1 yilda sertifikat olishi talab etiladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика