“Oltin butsa” futboldagi kam sonli mukofotlardan biri bo‘lib, hanuzgacha obyektivligicha qolmoqda. Bu eng mashhur futbolchiga emas, UEFAga aʼzo mamlakatlarning eng yaxshi to‘purariga berilgani uchun. Mezonlar iloji boricha aniq va tushunarli: faqat milliy chempionatlarda bir mavsum davomida kiritilgan gollar va turnirning reyting koeffitsiyenti hisobga olinadi.
Ilgari, 1996/1997 yilgi mavsum oldidan ballarni hisoblash tizimi boshqacha edi - har bir gol uchun reytingning barcha ishtirokchilari bir ochko bilan taqdirlanardi. Ammo, keyin gol urish usuli o‘zgartirilib, chempionat qiyinligining yana bir omili qo‘shildi, chunki Premyer-ligada 20 ta gol urish oson emas.
2019/2020 yilgi mavsumdan boshlab yana bir qoida qo‘shildi: agar ikki yoki undan ortiq o‘yinchi mavsumni bir xil miqdordagi ochko bilan yakunlasa, u holda maydonda eng kam vaqt o‘tkazgan futbolchi mukofot oladi.
Joriy mavsum reytingi qanday ko‘rinishga ega?
Harri Keyn «Bavariya» safida 24 ta gol bilan birinchi o‘rinda. U 48 ochkoga ega. Keyingi o‘rinda sakkiz ochko farqi bilan Kilian Mbappe turibdi. Fransiyalik futbolchi Liga 1da «PSJ» safida 20 ta gol urdi.
Lautaro Martines Mbappedan atigi ikki ochko ortda qolmoqda (19 gol), uning yonida esa shtutgartlik Seru Guyrassi bormoqda. Ammo, jarohati tufayli yaxshi holatini o‘tkazib yuborgan Holand joriy mavsumda 16 ta gol bilan atigi beshinchi o‘rinda bormoqda. Uning yonida bir xil gollar soni bilan Jud Bellingham bor.(ikkalasida ham 32 ochko ). Ularga Keynga yetib olish oson bo‘lmaydi. Bu mavsumda ingliz futbolchisiga shunchaki yetib bo‘lmaydi.
"Oltin to‘p"ga daʼvogarlar allaqachon aniq bo‘lgan. Hozirda eng yaxshi 10 talik qanday ko‘rinishga ega:
Harri Keyn («Bavariya») – 48 ochko (24 gol);
Kilian Mbappe («PSJ») - 40 ochko (20 gol);
Lautaro Martines («Inter») – 38 ochko (19 gol);
Seru Girassi («Shtutgart») - 34 ochko (17 gol);
Erling Holand (“Manchester Siti”) – 32 ochko (16 gol);
Jude Bellingham ("Real Madrid")- 32 ochko (16 gol);
Lua Openda ("RB Leypsig") - 30 ochko (15 gol);
Borxa Mayoral («Xetafe») – 30 ochko (15 gol);
Artyom Dovbik («Jirona») – 28 ochko (14 gol);
Muhammad Saloh («Liverpul») – 28 ochko (14 gol).


