1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

“Oltin Humo” kimlarga nasib etdi?

Kino sohasida yilning eng yaxshilari aniqlandi.

“Oltin Humo” kimlarga nasib etdi?

 

Alisher Navoiy nomidagi Kinochilar uyida "Oltin Humo" milliy kinotaqdimotining 2023 yilgi taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

 

Tadbir Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi, O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi, Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi tomonidan tashkil etildi.

 

Taqdirlash marosimida bir qator o‘zbek kinoijodkorlari va kino sohasi vakillari 17 ta nominatsiya bo‘yicha mukofotlanadi.

 

Jumladan:

 

"Eng yaxshi ssenariy" — Shokir Xoliqov “Yakshanba” filmi uchun;

 

"Eng yaxshi ayol roli" — Shodiya Abduqodirova “Sudya” filmidagi roli uchun;

 

"Eng yaxshi erkak roli" — Rustam Karimov "Doktor Abdullayev" filmidagi roli uchun;

 

Shuningdek, "Tomoshabinlar mehrini qozongan film" — "Abdulla Oripov" kinokartinasi;

 

O‘zbekiston xalq artisti, dublyaj sanʼati ustasi Mukambar Rahimova o‘zbek kinosiga qo‘shgan hissasi uchun taqdirlandi.

 

"Oltin Humo — 2023" eng yaxshi filmi — "O‘zbek qizi" filmi" ijodkorlariga nasib etdi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика