1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

“Oltin qalam” mukofoti o‘z egalariga topshirildi

Tanlovning televideniye yo‘nalishi bo‘yicha 1-o‘rin “Zamon” informatsion dasturi muxbiri Elyor Go‘ro‘g‘liyevga nasib qildi.

“Oltin qalam” mukofoti o‘z egalariga topshirildi

Bugun, 14 may kuni “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida “Oltin qalam” XVIII Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlov g‘olib va sovrindorlarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

 

Nominatsiya va yo‘nalishlar bo‘yicha quyidagilar taqdirlandi:

 

— Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi nominatsiyasi sohibi - O‘zA muxbiri Behruz Xudoyberdiyev

—  “Xitoy haqidagi eng yaxshi reportaj uchun” nominatsiyasi g‘olibi –Xitoyning “SGTN Russkiy” va Ozarbayjonning «SBS» telekanallarining O‘zbekistondagi maxsus muxbiri Barchinoy Jurayeva.

— “O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi hamkorlik yoritilgan eng yaxshi kontent uchun” nominatsiyasi g‘olibi – “O‘zbekiston” jurnali bosh muharriri Asadbek Bobojanov

 

Eng yaxshi jurnalistik material uchun:

1-o‘rin — Ikrom Avvalboyev, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi — «POOL» markazi boshlig‘ining o‘rinbosari;

2-o‘rin — Shuhrat Shokirjonov, “Kun.uz” onlayn nashrlari muxbiri

3-o‘rin — Nargis Saidaliyeva, “Dunyo” axborot agentligi tahririyat xizmati boshlig‘i.

 

Tanlovning bosma nashrlar yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblari:

1-o‘rin — “Jadid” gazetasi bo‘lim mudiri Shoyim Bo‘tayev.

2-o‘rin — “Narodnoye slovo” gazetasi masʼul kotibi Nurlan Usmonov.

3-o‘rin — “XXI asr” ijtimoiy-siyosiy gazetasi bosh muharriri Norqobil Jalilov.

 

Tanlovning radio yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblari:

1-o‘rin — “Mahalla” radiokanali “Maʼnaviy-maʼrifiy, ko‘ngilochar va musiqiy dasturlar” muharririyatining bo‘lim mudiri Umida G‘afforova.

2-o‘rin — “Qoraqalpog‘iston” radiokanali “Jamiyat-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy dasturlari” bosh muharririyati muharriri Qunduz Jumag‘aliyeva.

3-o‘rin — “O‘zbekiston 24” teleradiokanali katta muharriri Shoira Umrzoqova.

 

Tanlovning televideniye yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblari:

1-o‘rin — “Sevimli” telekanalining “Zamon” informatsion dasturi muxbiri Elyor Go‘ro‘g‘liyev.

2-o‘rin — «O‘zarxiv» agentligi matbuot kotibi, “Arxivarius” ko‘rsatuvi muallifi va boshlovchisi Anvarjon Aliyev.

3-o‘rin — “Renessans TV” telekanali bosh muharriri Jasur Rahmon.

 

Jurnalistika sohasida bosh milliy mukofot g‘olibi:

Uzreport TV — O‘zbekistondagi nodavlat informatsion telekanal.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика