Oltin narxi tarixda ilk bor bir unsiyasiga 4 400 AQSH dollardan oshdi. Bunga AQSH foiz stavkalarining pasayishi va investorlarining xavfsiz aktivlarga talab kuchaygani sabab bo‘lmoqda.
Oltin narxining oshishi bilan birga kumushning ham narxi rekord darajaga yetdi. Spot kumush narxi 3,3 foizga oshib, tarixiy bir unsiyasi 69,4 dollarga yetdi. Spot oltin narxi esa, 1,4 foizga o‘sib, bir unsiyasi 4 397 dollarga, kun davomida esa 4 400 dollarga yetgan.
AQSH fevral oyida yetkazib beriladigan oltin fyucherslari 0,98 foizga o‘sib, bir unsiyasi 4 430,30 dollarga yetdi. Yil boshidan buyon oltin narxi 67 foizga oshib, tarixda birinchi marta unsiyasiga 3 000 va 4 000 dollarni buzib o‘tdi. Shu bilan birga, oltin 1979-yildan beri eng katta yillik o‘sishga tayyorlanmoqda. Kumush esa yil boshidan buyon 13 foizga oshib, oltindan ancha yuqori natija ko‘rsatgan.
"Dekabr oyida oltin va kumush odatda ijobiy natijalar ko‘rsatadi, shuning uchun mavsumiy omillar ularning foydasiga ishlamoqda. Shu bilan birga, oltin bu oy 4 foiz oshgan va yil oxiriga yaqinlashganligi bois, bozor ishtirokchilari ehtiyotkor bo‘lishi, savdo hajmlari kamayishi va foyda olish imkoniyati ortishi mumkin", — degan StoneX kompaniyasining yetakchi tahlilchisi Matt Simpson.
Reuters texnik tahlilchisi Vang Tao fikricha, spot oltin 4 375 dollardan oshgani sababli bir unsiyasiga 4 427 dolargacha yetishi mumkin.
Shuningdek, dollar kursining yumshalishi, oltinni xorijiy xaridorlar uchun arzonroq qilmoqda.
Bozorlar kelasi yil uchun AQSH Markaziy banki (Fed) tomonidan ikki foiz stavkasi pasaytirilishini hisobga olmoqda. Foiz keltirmaydigan aktivlar, jumladan oltin, odatda foiz stavkalari past bo‘lgan muhitda foyda ko‘radi.
Simpsonning so‘zlariga ko‘ra, 2026 yilda ikki Fed stavkasi pasayishi kutilmoqda, ish o‘rinlarining sekinlashishi va Fed siyosatining yumshashishi oltinning qo‘shimcha o‘sishiga yordam beradi.


