1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Omadsiz debyutlar

Ular orasida bir qator mashhur futbolchilar bor.

Omadsiz debyutlar

 

Angliya premyer-ligasining joriy mavsumida “Manchester Siti” biroz omadsiz ishtirok etmoqda. Jamoa chempionlikka da'vogarlar qatorida emas. “Chelsi” bilan uchrashuv ijobiy natija bilan yakunlangan bo'lsada, o'zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanovning jamoadagi debyuti haqida ko'plab mulohazalar bildirilmoqda. Muxlislar uning birinchi o'yini omadsizroq bo'lgani haqida ham gapirishmoqda. Biz bugun Premyer-liga tarixidagi bundanda dahshatli debyutlar bo'lganini eslab o'tamiz.

 

Joau Feliks - "Chelsi"

 

O'sha paytdagi 23 yoshli futbolchi APLning 7-turida "Fulhem" bilan qoldirilgan o'yinda (1:2) "Chelsi"ning asosiy tarkibida maydonga tushgan. Joau Feliks hech qanday ijobiy harakat qila olmadi. Shuningdek, qo'polligi uchun 58-daqiqada qizil kartochka olib maydonni tark etadi. Portugaliyalik futbolchi 2014-yildan beri APLda debyut o‘yinida qizil kartochka olgan birinchi futbolchi bo‘ldi. Bu Feliksdan kutilgan debyut emas edi, uning ijarasi uchun "Chelsi" "Atletiko"ga 11 million yevro to'lagan, ammo klub bosh murabbiyi Grem Potter futbolchini qo'llab-quvvatlagan.

 

Saul Niges – “Chelsi”

 

Saulning "Chelsi"dagi birinchi o'yini uning Londonda qisqa muddat qolishiga turtki bo'lgan. 2021-yil kuzida “Atletiko Madrid”dan ijaraga olingan ispaniyalik futbolchi “Aston Villa”ga qarshi o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushgandi. Biroq, u shunchalik yomon o'yin ko'rsatadiki, natijada bosh murabbiy Tomas Tuxel uni tanaffusda zahiraga olishga majbur bo'ladi. Saul "Chelsi" libosida ilk bor maydonga tushganidan keyin muxlislar uning o'yinini juda yomon baholashdi. Oxir-oqibat Niges "Atletiko"ga qaytariladi.

 

Patris Evra - "Manchester Yunayted"

 

Fransiyalik futbolchining "Manchester Yunayted"dagi faoliyati davomida uning omadsiz debyutini eslaydiganlar kam topiladi. Shundan so'ng, Evra tezda o'zini Premyer-ligadagi eng barqaror o'yinchilardan biri sifatida ko'rsatdi va "Old Trafford"dagi sakkiz yillik faoliyati davomida bi qator sovrinlarni qo'lga kiritdi. Uning debyutidan keyin bunday natijani oldindan aytish juda qiyin edi. Evra o'zining birinchi o'yinida, "Manchester Siti"ga qarshi derbida omadsiz o'yin ko'rsatadi. Biroq, Evra shubhali debyutdan keyin, Premyer-ligaga tezda moslashdi.

 

Loran Koselni - "Arsenal"

 

“Arsenal”ning yana bir debyutanti birinchi o'yindanoq maydondan chetlatiladi. Koselni "Kanonirlar"ning 2010/2011-yilgi mavsumda "Liverpul"ga qarshi o'yinida maydonga tushadi. Fransiyalik futbolchi ikkita sariq kartochka olib, 90+5-daqiqada maydondan chetlatiladi. Bundan tashqari, u ikkala ogohlantirishni ham asosiy vaqtdan keyin oladi. Uning baxtiga uchrashuv durang bilan yakunlanadi.

 

Tiago Silva – “Chelsi”

 

"PSJ"ning ishonchli himoyachisi, Braziliya terma jamoasining asosiy futbolchisi Tiago Silva 2020-yilda Angliyaga keladi. Biroq, u "Chelsi"dagi debyutiga mutlaqo tayyor emas edi. "Vest Bromvich" bilan APLdagi birinchi o'yinida braziliyalik muvaffaqiyatsizlikka uchraydi: tanaffusga qadar "ko'klar" 0:3 hisobida mag'lub bo'lishadi. Keyinchalik "Chelsi" ikkinchi bo'limda uchta gol bilan javob qaytarib, mag'lubiyatdan qutulib qoladi. Hisob 2:3 bo'lib turganida Silva almashtiriladi. O'shandan keyin u o'zining eng kuchli tomonlarini ko'rsatdi va mavsum yakunida "Chelsi" bilan Chempionlar ligasida g'olib chiqdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика